– Xafa bo?libsan… – dedi general. – Ko?rib turibman-ku. Mayli, arizangni yoz. Omadingni bersin.
Men ketdim, lekin intizomga o?rgatgani, bergan saboqlari uchun Botir Rahmatovichdan haligacha minnatdorman. U menga doim zarbaga tayyor bo?lib, uni qaytarishni, eng asosiysi, iloji yo?q narsaning o?zi yo?qligini o?rgatdi. Xohlasak, hamma narsaga erisha olarkanmiz. Bunday olganda, u meni rostdan ham o?z jiyanidek tarbiyaladi.
Shunday odamning «jiyani» degan yuksak nomga dog? tushirmadim, deb o?ylayman.
Men o?z biznesimni boshlab, birinchi millionimni ishlab topdim. Bolaligimdan pul topishga harakat qilardim. Afsus, rejalarim doim ham o?xshayvermasdi.
1 MTRK – Milliy teleradiokompaniya.
2 «DAVR» – MTRK «Yoshlar» telekanalining axborot dasturlari tahririyati.
3 FVV – O?zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
4 Abdusaid Ko?chimov – o?zbek jurnalisti, 1997-2005-yillarda O?zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.
5 «Beruniy» – Toshkent metropoliteni O?zbekiston yo?nalishining oxirgi bekati.
6 Qoraqamish – Toshkentning Olmazor tumanidagi mavze.
7 ToshDU – Toshkent davlat universiteti. 2000-yil yanvardan Mirzo Ulug?bek nomidagi O?zbekiston Milliy universiteti.
8 Uzmetronom – O?zbekistondagi mustaqil sayt. 2020-yilning may oyigacha blokda bo?lgan.
9 «Jemchug» – Toshkent shahridagi mashhur «Jemchug» (marvarid) do?koni joylashgan, ko?pqavatli tajribaviy loyihalangan uy.
10 «Sharq» – nashriyot-matbaa konserni.
11 Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 2003-yil dekabrdan 2016-yil dekabrgacha O?zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, 2016-yil 14-dekabrdan O?zbekiston Respublikasi Prezidenti.
12 Akademiya – Davlat soliq qo?mitasi huzuridagi Soliq akademiyasi.
III
Shakar, vanna, press, baklajka
To?qsoninchi yillar oilamiz boy bo?lmagan, lekin och ham qolmaganmiz. Onam doya, otam avtoslesar edi. Bolalar tug?ilavergan, mashinalar buzilavergan, ota-onam ishsiz qolmagan. Ularning eng katta orzusi farzandlariga yaxshi ta?lim berish bo?lgan. Shuning uchun oyim o?qishimni oltinchi sinfdan ToshDU qoshidagi gimnaziyaga (keyinchalik akademik litseyga aylantirildi) o?tkazgan. Hech kimga pul-mul bermagan. Oyim pora berish kerakligini bilmasdi ham.
Pul – ajoyib narsa! U menga doim zavq bergan. O?zi oldindan boshqalarga o?xshab faqat oylikka ko?nib yashash niyatim yo?q edi. Katta bo?lganimda ko?p pul topishimga, xohlagan narsamni sotib olishimga aniq ishonganman. Lekin bu kunlarni uzoq kutishga sabrim chidamasdi. Hoziroq boyib ketib, mahallamiz yoshlari havas qiladigan yangi «qahramonlarimiz» – magazinchilar, choyxona va makaron fabrikalarining xo?jayinlari, popkorn sotuvchilarga o?xshab yurgim kelardi. Hammasining tagida yangi mashina, oyog?ida krossovka, egnida zamonaviy sport kiyimi, jinsi shim – xullas, butun dunyoda ulardan zo?ri yo?q.
Kommunistik mafkura puchga chiqqan paytlar. Qo?ni- qo?shni orasida faqat biznes rejalar, tez va osongina boyib ketish yo?llari haqida gap-so?zlar yurardi. Biz o?n uch ya-shar o?smirlar ham cho?ntagimizda doim pul bo?lishini xohlardik. Ko?p tengdoshlarim o?zi ishlab daromad topar, kimdir oilasiga yordam bersa, yana kimdir kichik orzulariga pul yig?ardi.
Mendan yollanma ishchi chiqmadi. Ammavachchamning jo?xori qalamchalari chiqaradigan sexida bir kun ishlab ko?rdim. Arzimagan pul uchun ertalabdan kechgacha ter to?kib mehnat qilish menga emas ekan.
Vazifam nimadan iborat edi? Jo?xorini oldin «drobilka»ga, keyin maxsus apparatga solamiz. Jo?xori doni issiq havo bosimi ostida paqillab yorilib, qalamchaga aylanadi. Ish haqi tayyor mahsulotning kilosiga to?lanadi. Bir uyum jo?xori qalamchasini chiqarib, kamida o?n kilogramm bo?ldi, deb o?ylaysan. Tortib ko?rsang, zo?rg?a yarim kilo chiqadi. Ish kuni oxirida ammavachcham pul o?rniga qo?limga o?zim tayyorlagan jo?xoridan tutqazdi. Uyga kelib, «ish haqim»ni stolga qo?ydim-u yechinmasdan, o?zimni krovatga tappa tashladim. Ertalabgacha qotib uxlabman. Uyg?onganimda aniq bir qarorga keldim – men hech qachon yollanma ishchi bo?lmayman!
Gap og?ir mehnatdan qochishda emas. Menga birovning cho?ntagini to?ldirish uchun belni bukib, evaziga arzimagan chaqa topish yoqmadi. Bunaqa kapitalizmni hazm qila olmasdim. Biz litseyda o?zimiz popkorn tayyorlab sotardik. O?zimiz uchun ishlardik, shunga mehnati malol kelmagan. Ko?pi kuygan, bemaza popkornimiz uncha yaxshi ketmasdi. Bu tadbirkorlik faoliyatimda birinchi saboq bo?lgan – mahsuloting sotilishini xohlasang, ishni sifatli qil!
O?n uch yoshimda qand qiroli bo?lishga qaror qildim. O?zimga velik olishim kerak edi. Velosipedi bor o?rtoqlarim uchishga bermay qo?yishdi. Ota-onam esa: «Komiljon, veliksiz ham doim qayoqlardadir sang?ib yurasan, velosiped minsang, seni umuman topolmay qolamiz!» – deb gapni qisqa qilishdi.
Biznes-reja bunday edi: bir qop shakar sotib olinadi, uni qandga aylantirib, ustiga pul qo?yib sotiladi. Shakar bilan qandning narxi orasidagi farq – sof foyda.
Tayyor shakar sexini ijaraga oldim. «Sex» deganda ko?z oldingizga nima keldi bilmadim-u, ammo bu hech kim yashamaydigan tashlandiq bir uy edi. Undagi bor uskuna – tegirmon, press, fanera, vanna, isitkichli fen va bir yarim litrlik baklajka, xolos. Oldin shakar kukunga aylantiriladi. Keyin vannaga solib, ustidan bir yarim litr sovuq suv quyiladi. Kukun nam tortib, qorga o?xshab g?irchillab qolganda, pressdan chiqarilib, faner ustiga yoyiladi. Qand shakliga solinib, fenda quritiladi. Bir kecha-kunduzda bir qop shakar oldi-berdiga ishlatiladigan, to?y-hashamda dasturxonga qo?yiladigan shirinlikka aylanadi.
Otam ko?p magazinchilarning mashinasini tuzatardilar. Shu tanishlaridan mahsulotimni sotib berishni iltimos qildilar.
Bu sexda ishchi ham, farrosh ham, mol yetkazib beruvchi ham, direktor ham o?zim edim. Sexni ijaraga olishdan oldin do?stlarimga sherikchilikni taklif qildim, ular ko?nishmadi. Balki to?g?ri qilishgandir. Ikki hafta o?tgach, do?konlarda shakar ko?rinmay qoldi, keyin birdan narxi oshib ketdi. Qanddan tushadigan ozgina foyda ham yo?q bo?ldi. Shunday qilib, birinchi biznesim sindi. Qizig?i shundaki, do?stlarim moliyaviy krizisni oldindan ko?ra bilgani uchun emas, ishyoqmasligi, harakatsizligi tufayli hamkorlikdan bosh tortishdi. Biz birga o?sib katta bo?ldik, lekin hozir jamiyatdagi o?rnimiz orasida osmon bilan yercha farq bor.
Hamma ham boy-badavlat bo?lishi shart, demoqchi emasman. Ba?zilarga bu narsa kerak emas, ularning o?z orzulari bor. Kimdir vrach, kimdir alpinist, uchuvchi, sayohatchi, jurnalist yoki yozuvchi bo?lishni orzu qilib, shu maqsadi bilan yashaydi. Hozirgi yoshlar orasida bundaylar borgan sari ko?paymoqda. Pul ular uchun ortiqcha daxmaza. Lekin boyib ketaman degan odamga faqat orzu va bilimning o?zi kamlik qiladi. Bunda ishchanlik, mehnatsevarlik judayam muhim. Agar ishga o?zingni to?liq bag?ishlay olmasang, yaxshisi boshlama. Biznes – dangasalar uchun emas!
Men erinchoq emasdim. Shunchaki, o?sha vaqtdagi iqtisodiy vaziyatni deb omadim chopmadi va qand qiroli bo?lolmadim. Lekin pul topish yo?lida harakat qilishdan hech qachon to?xtamadim. Menga ishni yo?lga qo?yish, pulni nazorat qilish jarayonining o?zi qiziq edi. Mabodo ishim yurishmay qolsa, g?ayratim yanayam oshib ketardi.
90-yillarni ko?rganlar fikrimga qo?shiladi, deb o?ylayman. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat juda qiziq bo?lgan. Foyda ko?rishga intilganlarni chayqovchi emas, tadbirkor deb atay boshlashgan, katta pul topish imkoni tug?ilgan edi. Dorixona, bilyardxona, sauna, tijorat do?konlari yomg?irdan keyingi qo?ziqorindek urchib ketdi. Ana senga erkinlik!
Sinfdoshim bilan madaniyat saroyi binosida, konsertdan keyin.
Kommunistik mafkuraning oyog?i osmondan bo?lib ketgandan keyin xalqni ergashtiradigan g?oyaning o?zi qolmadi. Ayni paytda diniy ekstremizmning ta?siri kuchayib bordi. Soqol qo?yganlar ko?paydi, Karimov ularga qarshi tinimsiz kurashardi. Teraktlar, portlashlar avj olgan tahlikali davr edi. «Musaffo osmon» g?oyasi davlat mafkurasiga aylandi. Urushsiz, tinch yashasak bo?ldi, olam guliston! Ammo bu g?oya juda bo?sh edi. Unda super boylarning paydo bo?lishi ko?zda tutilmagandi. Davlat rahbariyati boyvachchalar jamiyat osoyishtaligini buzishidan qo?rqardi. Mayli, foyda ko?rsang ko?r, faqat ikki quloch tijorat do?konidan nariga o?tma! Mashina ol, uy sol, topgan tillangni uch litrli bankada saqla, lekin oligarx bo?laman deb xayolingga ham keltirma.
Shuning uchun korxona tashkil etish juda qiyin masala bo?lib, kerakli eshiklar kerakli odamlargagina ochilardi. Ko?pchilikni hoziroq, joyida daromad topish yo?llari qiziqtirardi. Bugun pul tikasan, ertaga foyda ko?rasan. Bemalol bir ishni tashlab, osongina boshqasini yurgiza olishing kerak. Ildizi baquvvat, avloddan avlodga o?tadigan biznes-imperiyalarni qurish uncha-muncha odamning rejasiga kirmagan. Yurtimizda egalarini super boy qilgan, uzoq muddatli, rosmana muvaffaqiyatli ishlab chiqarish obyektlari deyarli yo?qligining sababi shunda.
1998-1999-yillar
Gimnaziyada prokurorlar, deputatlarning bolalari bilan o?qiganman. Doim atrofdagilarga birovdan kam emasligimni isbotlashga majbur edim. To?g?ri, men u yerga porasiz, hech qanday qo?ng?iroqsiz, o?z bilimim bilan kirganman. To?g?ri, ota-onam oddiy odamlar. Lekin menga past nazar bilan qarashlariga yo?l qo?ymasdim. Gimnaziya direktorining: «Allamjonov, yaxshi o?qi. Seni «kontrakt»da o?qitishga ota-onangning baribir qurbi yetmaydi», – degan gapi ayniqsa yomon tegib ketgan. Hammaning oldida kamsitgani uchun yap-yangi «Moskvich»ining g?ildiragini teshib, o?chimni olganman.
«Fun boys» guruhi konsertidan so?ng sinfdoshlarim davrasida.
Sinfdoshlarimning menga munosabati yomon emas edi. Ayniqsa, «Fun boys» guruhini tashkil qilib, konsert qo?ya boshlaganimizdan keyin yana ham yaqin bo?lib qoldik. Men loyiha rejissori edim. Tomoshalarimizda ustozlarning ustidan ham kulardik. Hammasining emas, albatta. Bizningcha, yaxshi o?qita olmaydigan, zolim va poraxo?r o?qituvchilarni masxara qilardik.
«Ikki yarim» laqabli o?qituvchimizni yaxshi eslayman. Uy vazifasini qanchalik yaxshi tayyorlab kelmaylik, ikki yarim baho qo?yardi. Bunaqa bahoning o?zi yo?q-ku, o?quvchilarni yerga urish uchun shuni o?ylab topgan. Konsertimizda «u» sahnaga chiqib olib: «Men fizika o?qituvchisiman, ismim Muxtazar, mana qirq yildan beri erga tegolmayapman», – derdi.
Shunaqa. Hech kimni ayamas edik. Konsertdan keyin direktor meni xonasiga chaqirtirib, bunday «ssenariylar» uchun po?stagimni qoqardi. Indamay boshimni egib turar, lekin konsertlarni to?xtatmasdim.
Boshida chiptalar tekin edi. Keyin o?ylab qoldim. Biz dastur, har bitta sahna, musiqa ustida yotvolib ishlayotgan bo?lsak, tomoshabinlarga yoqayotgan bo?lsa, nima uchun konsert tekin bo?lishi kerak?
Tashkiliy ishlarga, chipta, afishalar tayyorlashga pul tikish kerak. Oyimning oldilariga keldim. Ular: «Adangdan so?rab ko?r», – dedilar. Ammo men otamdan cho?chirdim, ayniqsa, bu pulni nimaga ishlatmoqchi ekanimni aytishga qo?rqdim. Onam menga har doim ishonganlar. Yig?ib-tergan o?n ming so?mlarini qo?limga berdilar.
Chipta sotib o?tirishni o?rtoqlarimga topshirdim. Hech qaysisi pul so?rab ota-onasini bezovta qilmadi. Bu tashkilotchining, ya?ni mening bosh og?rig?im edi. Ota-onam meni qo?llab-quvvatladi.
Homiylar bilan ham o?zim kelishdim. «Aylin» turk pechenyesi maktabimiz hisob raqamiga 25 ming o?tkazdi. Maktab direktori shundan bir yarim ming so?mni ovoz kuchaytirgich – usilitelga deb berdi. Qolgan pulni ko?rmadim. Direktor bizni chuv tushirdi.
Yana bir hamkorimiz «Radio-peydj»1 bo?ldi. Konsertimiz haqida tekinga e?lon berishdi. «Nestle» kompaniyasi esa o?zini zontlarini o?rnatib, stakanda kofe tarqatdi. Yana uch-to?rtta homiyni ko?ndirish uchun tijorat taklifi bilan butun shaharni aylanib chiqdim. Boshqa hech kim rozi bo?lmadi.
Ravshan Sobirov, Guli Tolipovaning menejerlariga, boshqa artistlarga ham qo?ng?iroq qilib, konsertda chiqib berishlarini so?radim. «Tomsuvoq»qa ko?ndirdim.
Tabiiyki, mingta chipta sotolmadik, ikki yuztasi ketdi, xolos. Homiylarning oldida sharmanda bo?lmaslik uchun bo?sh joylarni mehmonlar bilan to?ldirdik. Mehribonlik uyi direktoriga iltimos qilib, tarbiyalanuvchilarini opkeltirdim.
Hamma yig?ildi. Ammo… birorta artist yo?q. Qo?ng?iroq qilaman, hech qaysisi javob bermaydi. Odamlar qarsak chala boshladi, oradan bir soat o?tdi, bittasiyam kela qolmaydi.
Bir balo qilib, endigina tanilayotgan Davron Ergashevni topdik, konsertni shu boshlab berdi. Omadim chopib, tadbirni olib borishga professional boshlovchi ham chiqib qoldi. Keyin Otabek Madrahimovga o?xshab ketadigan bir yigitni ko?rsatishdi. Chiroqlar o?chirildi, maxsus effektlar yoqildi, yigitchani sahnaga chiqarib yubordik, fonogramma ostida «kuyladi».