Оценить:
 Рейтинг: 5

Allamjonov aybdor

Год написания книги
2021
Теги
<< 1 2 3 4 5 6 7 >>
На страницу:
5 из 7
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

FVVda olgan birinchi maoshimni hamkasb akaxonlarim bilan «yuvib» yo?q qilganmiz. Uyga oborib, oyimga ko?rsataman deb shuncha kutgan pulimni hamtovoqlarimga ichirib yuborganman. «Sharq»ning10 pastidagi kafeda joy aytib qo?yishgan ekan, birinchi oyligim ziyofatga ketgan. Uyga arzimagan uch-to?rt so?mni ko?tarib kelganman.

Ikkinchi oyligim ham xuddi shunaqa qilib havoga sovurildi. Yoshi katta, azamat ikki harbiyga nima ham deya olardim?

Keyingi gal ayyorlik qildim. Pulimni eng oxirida, hammadan keyin berasiz, deb kassir opa bilan kelishib qo?ydim. Oyligimni oldim-u g?aroyib boshliqlarim, og?aynilarim meni tutib olmasidan uyga qarab qochdim.

2005-2006-yillar

Parpiyev Davlat soliq qo?mitasi raisi lavozimini egallaganida uning birinchi o?rinbosari Erkin Fayziyevich Gadoyev edi. Islom Abdug?aniyevich «bo?lib tashla va hukmronlik qil» degan siyosatni olib borar, vazir o?rinbosarlari rahbariga nisbatan doim kishi bilmas oppozitsiyada bo?lardi. Karimov shu yo?l bilan o?ziga kerakli ma?lumotni yig?gan bo?lishi mumkin, lekin bu narsa jamoaviy ishni o?ldirar, faqat ichki fitnalarni keltirib chiqarardi. Tizim iyerarxiyasi bo?yicha har bir xodim kimningdir odami edi: Parpiyevning odami, Gadoyevning odami, Azimovning odami… Bunaqa sharoitda ishni boshqarish uchun rahbar o?z taktikasiga ega bo?lishi kerak. Parpiyev soliq qo?mitasiga o?tganida hammaga ishdan bo?shash haqida ariza yozishni taklif qildi. Yangi jamoa tuzishini aytdi. Hamma ariza yozdi. Keyin Botir Rahmatovich xotirjam o?tirib, bo?layotgan qo?ng?iroqlarni, kim kim uchun iltimos qilib chiqqanini yozib oldi va kuchlar taqsimotining to?liq jadvaliga ega bo?ldi. Qoyilmisiz?

Parpiyev bergan hamma topshiriqlarni uning o?rinbosari o?sha zahoti yo?qqa chiqarishi meni doim hayron qoldirardi. Men – «Parpiyevning odami» bu paytda DSQ matbuot xizmatida ishlardim.

– Nimaga oldimga kiraverasan? Nima keragi bor shuni? – biror taklif, qandaydir zarur ish bilan xonasiga kirsam, Gadoyev har safar norozi bo?lib kutib olardi. Yordam berishni xayoliga keltirmasdi.

Mustaqillikning o?n olti yilligiga bag?ishlab maxsus albom chiqaradigan bo?ldik. Soliq sohasida erishilgan hamma yutuqlarni, yangilik va o?zgarishlarni ko?rsatmoqchi edik. Ishchi guruh tuzildi. Bosh javobgar menman, lekin hech qanday vakolatim yo?q. Ya?ni, yugur-yugur qilasan, axborot to?playsan, odamlardan statistika ma?lumotlarini yig?ishga harakat qilasan, ammo hamma senga eshikni ko?rsatib yuboradi, birov gapingga quloq solmaydi, mabodo ma?lumot berishsa ham, bir tiyinga qimmat bo?ladi.

Parpiyevning oldiga kirdim. Kitob deyarli tayyor, ba?zi ma?lumotlar yetishmayotgan edi, xolos.

– Kitobni tezroq chiqaringlar! Yaqin kunlarda Prezidentga ko?rsataman, – dedi u. Keyin Gadoyevga qo?ng?iroq qilib, menga yordam berishni topshirdi. Telefonda o?rinbosarning «Xo?p!» degani eshitildi.

DSQning navbatdagi kollegiya yig?ilishida.

Gadoyevning oldiga kirdim.

– Qayerdan olding bu gapni? To?rt kunda kitob tayyor bo?larmish! Kim to?rt kunda kitob chiqararkan?!

– Erkin Fayziyevich, kitob deyarli tayyor, menga faqat…

Menga nima kerakligini Gadoyev eshitib ham o?tirmadi, har doimgiday javrab-javrab nasihatini boshladi. Xullas, ma?lumot ololmadim.

Ikki o?t orasida qoldim. Rahbarlar-ku keyin bir-biri bilan kelishib ham ketar, o?rtada aybsiz aybdor men bo?laman.

Ochig?i, qo?rqib ketdim. O?zimni ikki kattakon kitning o?rtasida majaqlanib, ovozi chiqmaydigan mayda baliqchadek his qildim. Parpiyevning bir xislati bor edi, hech qachon hech nimani esidan chiqarmasdi. Aytgan ishi qilinyaptimi, yo?qmi – har soatda tekshirib turardi. Har so?raganida «Ishlayapmiz», deyman, lekin aslida hech narsa qilinmayotgan edi.

Yana qabuliga kirishga majbur bo?ldim.

– Botir Rahmatovich, kitobni vaqtida topshira olmayman. Erkin Fayziyevich urishib, kabinetidan haydab soldi. Bekorchi ish bilan shug?ullanma, dedi. Nima qilay?

Generalning yomon jahli chiqqani ko?rinib turardi. Lekin menga indamadi, gapni cho?zmadi, «Boraver» – deb qo?ydi.

Dushanba kuni majlis. O?zi shundoq ham har dushanba bo?ladigan majlislarni ko?rgani ko?zim yo?q, bu safargisi ayniqsa ortiqchalik qilayotgan edi. Kamiga o?sha kuni kechasi deyarli uxlamaganman, zo?rg?a ko?zimni ochib, ishga uchib yetib keldim, apil-tapil formamni kiydim. Majlis aniq belgilangan vaqtda boshlanadi, kechikish mumkin emas.

Lanj bo?lib o?tiribman, ko?zlar kirtaygan, qovoqlarim shishib ketgan. Qo?mita raisining gaplari qulog?imga bir kirib, bir kirmaydi. Qarasam, har gapida o?rinbosariga murojaat qilyapti. U-bu taklif berib, keyin Gadoyevning fikrini so?raydi. Gadoyev odob bilan, chiroyli qilib g?oyani puchga chiqaradi.

Shu payt kutilmaganda Parpiyev stolga bir musht tushirdi. Choynak-piyolalar uchib ketdi, hammaning ko?zi moshday ochildi.

– Erkin Fayziyevich, siz meni ahmoq deb o?ylayapsizmi? Nima topshirsam, «yo?q» deysiz! Takliflarimni yo?qqa chiqaryapsiz, barcha islohotlarimga to?sqinlik qilyapsiz!

Rais jahl bilan o?rnidan turgan edi, stuli bir chekkaga uchib ketdi. Qo?lidagi qalam chirsillab sindi, uniyam uloqtirib yubordi. Hammaning o?takasi yorilib, zal jimjit bo?lib qoldi.

– Mana, Allamjonovni olaylik! – vazir zalga qarab, meni topdi. O?tirgan joyimga yopishib qoldim, birdan hojatga borgim kepqoldi. – Men unga kitob chiqarishni topshirgandim, siz esa haydab solibsiz. Nega bu kitob kerakmas, dedingiz?

– Men unaqa demadim, unaqa deganim yo?q… – o?zini oqlamoqchi bo?ldi Gadoyev. Uning qattiq qo?rqib ketgani bilinib turardi.

Parpiyev ko?zoynagini yechib, stolning ustiga otib yubordi-da, zaldan chiqishda eshikni shunaqa qarsillatib yopdiki, devorda yoriq paydo bo?ldi.

Men esa stulga yopishgancha ichkarida qolib ketdim. Gadoyev hammaga bir-bir ko?z tashlab, sekingina: «Majlis tugadi», – dedi. Yig?ilganlar jimgina tarqala boshladi.

Keyin u mening yonimga keldi.

– Bir daqiqaga mumkinmi? Kabineting qayerda edi?

Ikkovimiz xonamga kirdik. U savollari bilan meni burchakka tiradi:

– Senga nima yomonligim tegdi? Nega ustimdan shikoyat qilding?

Men jonimni qutqarish uchun, joyida og?zimga kelgan bahonani to?qidim:

– Erkin Fayziyevich, Botir Rahmatovich so?raganiga aytdim-da… Sizni «Kitob to?rt kunda o?xshamasa-chi», – deb kuyib-pishyaptilar, dedim… Falon gapiga piston deb javob berdim… Meni boshqacha tushunibdi…

Tabiiyki, Gadoyev aytganlarimga ishonmadi.

Uni qanchalik yomon ahvolga solganim bir necha daqiqadan keyin ma?lum bo?ldi. «Hamma o?z joyida o?tirsin, hech kim hech qayoqqa chiqmasin» degan buyruq keldi. O?sha kuni yarim kechagacha hamma xonasidan chiqmay o?tirdi. Rais esa qayoqqadir ketdi. Keyin bilsam, hech qayerga xabar chiqib ketmasligi uchun ko?rilgan chora ekan bu. Gadoyev o?zining odamlarini, tanklari va artilleriyasini tortib kelishga ulgurmasin deb shunday qilinibdi.

Ertasiga majlisga Bosh vazir Shavkat Miromonovich Mirziyoyev11 keldi. Gadoyev lavozimidan olindi. Lekin u ham shuncha yildan beri bekorga birinchi o?rinbosar bo?lmagan ekan, baribir tanklarini ishga solibdi. O?rinbosar bo?lib qoldi, faqat Akademiyaning12 rektori sifatida. Qo?mitadan ketib, ichki ishlarga aralashmaydigan bo?ldi.

Uning o?rniga hozirgi Bosh vazir o?rinbosari Behzod Anvarovich Musayev keldi. Siyosatimizning liberal qanoti. U bilan ishlash ancha oson edi.

Keyin DSQ va umuman davlat xizmatidan ketish navbati menga yetdi. Men bu qarorga kalta o?ylab yoki to?satdan kelmadim. Boshqa ilojim qolmagandi.

Botir Rahmatovich rahbarlik qilgan hamma idoralarda haftalik majlislarning kun tartibini o?zi tuzardi. Bu odatdagidek kimdir zerikarli hisobot beradigan, hamma «qachon tugarkin shu», – deb tezroq uyga ketgisi keladigan majlislar emasdi. Har safar katta sinovdan o?tgandek bo?lardik. Rais yordamchilari bo?limlar uchun alohida savollar tayyorlab qo?yishardi. Bu bo?lim rahbarlarini boshi berk ko?chaga kiritib qo?yadigan savollar edi. Parpiyevga majlisda ko?tariladigan masalalar bo?yicha oldindan ma?lumot to?plab berilar, minbarga chiqqan xodim ko?pincha qaltis ahvolga tushar edi. Bo?lim boshliqlari kaltak tagida qolmaslik uchun zo?r yo?lni o?ylab topishdi. Dilshod To?raxonovdan «Bizning xizmatni kun tartibiga qo?ymang», – deb iltimos qiladigan bo?lishdi. Bilmadim, balki quruq iltimos bilan ish bitmagandir. Xullas, ko?pincha hamma qolib, minbarga bitta men chiqadigan bo?ldim. General meni ayab o?tirmas edi. Kotibiyat boshlig?i Dilshod To?raxonov meni o?lguday yomon ko?rib qolgan, har safar oyog?imdan chalishga harakat qilardi.

Oxiri bu ahvol jonimga tegdi. Nima, Soliq qo?mitasida mendan boshqa masala qurib qolganmi? Men jadval tuzib, unga hamma bo?limlarni, hatto kanselyariyani ham kiritdim. Ro?yxatga qo?shilmagan faqat qorovul qoldi. Bu hujjatni Parpiyevga olib kirib, oxirgi paytlari majlislar bir qolipda o?tayotganini aytdim. «Hamma navbati bilan hisobot bersin, har bir bo?lim o?zining ishini matbuotda yoritsin», – dedim. U rozi bo?lib, jadvalni imzoladi.

Endi meni minbarga chiqarishsa, topshiriqlarni kimlar bajarmayotganini shartta aytadigan bo?ldim. Muhtaram hamkasblarim og?zimni yopish uchun meni ham «To?raxonovning ro?yxati»ga kiritib qo?yishibdi. O?rtaga pul tashlashgan bo?lishsa kerak.

Qisqasi, qilgan ishim uchun ta?zirimni yedim, meni kechirishmadi. Ustimdan nimalardir to?qib, tuhmat qilishdi. Shunchalik bema?ni bahona o?ylab topishdiki, hozir aniq nima gap bo?lganini eslolmayman ham. To?qqiz yil deganda Parpiyev majlisda birinchi marta hammaning oldida rosmana po?stagimni qoqdi. Men esa o?zimni oqlay olmadim. Hammasini miq etmay eshitib turdim. Endi bu yerda ishlolmasligim aniq edi.

Chiroyli ketmoqchi bo?ldim. Oradan to?qqiz yil o?tgan bo?lsa ham, bu inson salomimga «vaaleykum» deb alik olganini, menga bir yugurdak emas, odam deb muomala qilganini esimdan chiqarmagandim.

oldiga kelib, gaplashib olmoqchi ekanimni bildirdim.

– Mayli, kelsin, – debdi Botir Rahmatovich.

Ertasi kuni Parpiyevning oldiga kirib, o?zimning biznesimni boshlash uchun ketmoqchiligimni aytdim.

– Xafa bo?ldingmi?

– Yo?g?-e, nega unaqa deysiz? Nimaga xafa bo?lishim kerak?
<< 1 2 3 4 5 6 7 >>
На страницу:
5 из 7