
Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma
Keltirilgan (rasm 6.38) intellektual mikroprotsesorli bosim farqini o‘lchash Fisher-Rozmont datchigi kameralarda qo‘yilgan 1 membranalar kondensator qo‘zg‘almas qoplamalari 3,4 orasiga qo‘yilgan 2 sezuvchi membrana bilan boglangan. Kondensator qoplamalari orasi neytral suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Bosim farqi ta’siri ostida 2 sezuvchi element – membrana o‘zgaradi. Bu esa sistemani elektr sig‘imini o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishni elektron blokida joylashgan mikroprotsessor ASP yordamida raqamli signalga aylantirib qayta ishlaydi. Natijaviy signalni keltirilgan elektr signali ko‘rinishida uzuluksiz uzatadi.
Rezonans bosim o‘lchash datchigini ishlash prinsipi akustik yoki elektromagnit to‘lqinlarni suyuqlik va gazlarda uzatilish hodisasiga asoslangan. Ular juda stabil datchiklar hisoblanadi. Lekin kamchiliklar shundaki, har bir datchik o‘lchanayotgan sharoitga individul tayyorlanadi va agressiv muhitlarda xatolik chegarasidan chiqmasdan foydalanish imkoniyati yo‘q.

6.39-rasm. Rezonans bosim o‘lchash datchigi o‘rnatilish sxemasi.
Induksion bosim o‘lchash datchiklarini ishlash prinsipi aylanma (Fuko) toklarini qayd qilishga asoslangan. Datchikni sezuvchi elementi ikkita induktiv g‘altak orasiga metall plastinka qo‘yish bilan tashkil etilgan. Birlamchi induktiv g‘altakda o‘zgaruvchan tok o‘tkazilsa, ikkinchi g‘altakda induksion tok hosil bo‘ladi. G‘altaklar orasidagi metall ekranni surilishi sistemani induktivligini o‘zgartiradi. Sistemani induktivligini o‘zgarishi metall plastinkaga qo‘yilayotgan bosim kuchiga proporsional.
Ionizatsion datchiklar atmosfera bosimidan juda kichik bo‘lgan bosimlar (10—1 – 10 -8 Pa) uchun qo‘llaniladi. Bu datchiklarni ishlash prinsipi elektron lampalarni ishlash prinsipiga o‘xshagan. Agar lampada bosim hosil qiluvchi zarralar soni ko‘p bo‘lsa, katod bilan anod o‘rtasidagi zaryadli zarrachalar harakatiga to‘sqinlik paydo bo‘ladi. Bosim kichrayishi bilan bu to‘sqinlik kamayib boradi.

6.40 – rasm. Ionizatsion bosim o‘lchash datchigi sxemasi. 1- katod, 2- setkal ko‘rinishidagi anod, 3- silindr ko‘rinishidagi kollektor.
Ionizatsion va sig‘imli dachiklarda chiqish signali bosimga logarifimik shkala bo‘yicha bog‘liq. Ya’ni bog‘lanish chiziqli emas. Bu holat o‘lchash tizimida noqulayliklar tug‘diradi.
Issiqlik manometrlari 10 – 104 Pa bosimlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi.

6.41 – rasm. Issiqlik bosim o‘lchash datchigi sxemasi.
Bu issiqlik manometrlarida (Rasm 6.41.) R4 qarshilikni volfram materialidan tayorlanadi, 200 0 C doimiy temperaturagacha tok bilan qizdiriladi. Idishdagi bosimni o‘zgarishi volframni issiqlik uzatishini o‘zgarishiga olib kelib, uni qarshiligini o‘zgartiradi. Bu o‘zgarish qarshiliklar ko‘prigini balansini ko‘rsatib turuvchi mV da aks etadi.
Biz tashkil etgan texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida asosan «Sapfir-22M», «Metran – 100» va kichik o‘lchamli mikroprotsessorli «KARAT» bosim datchiklari qo‘llanilgan [4,5]. Ularni chiqish signallari 0 ÷ 5 mA, 4 ÷ 20 mA.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.
Приобретайте полный текст книги у нашего партнера: